07:21 / 07.10.2015
4380

Emomali Rahmon: Tojikiston Afg‘onistonda yomonlashayotgan vaziyatdan xavotirlanmoqda

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvida Tojikiston kundan-kunga Afg‘onistonda og‘irlashib borayotgan vaziyatdan xavotirlanayotganini aytdi.

"Bugun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti javobgarligidagi hududning xavfsizligi masalalari haqida gaplashmoqchi edim, chunki tojik-afg‘on chegarasi bu hududga kiradi. Afg‘onistonda vaziyat kundan-kunga yomonlashmoqda, Tojikiston ro‘parasida qo‘shni davlatning 60 foiz chegarasida harbiy harakatlar bormoqda. Bu bizni qattiq tashvishlantirmoqda. Shuning uchun bugun uchrashuvimiz davomida mintaqadagi xavfsizlikni ta'minlash masalalarini muhokama qilmoqchi edim", deb aytdi Rahmon Putinga.

Top