23:18 / 07.10.2015
5290

Fransiyalik futbolchi o‘zini uzun soqollari sababli jihodchiga o‘xshatishgani uchun jamoasi bilan shartnomani bekor qildi

«Evian» jamoasi himoyachisi Gael Jive jamoani qanday sabablarga ko‘ra tark etgani haqida ma'lum qildi.

U jamoadagilar o‘zini uzun soqollari uchun jihodchiga o‘xshatishgani tufayli sharnomasini bekor qilgan.

"Paskal Dyupra va jamoa prezidenti menga boshqa yo‘l qoldirishmadi. Jamoaning asosiy tarkibida o‘tkazgan ilk o‘yinimdan 3 kun o‘tib, ular meni ofisga chaqirishdi va kurakda turmaydigan talab qo‘yishdi. Ularning bu talabi umuman futbolga aloqador emasdi.

Gap shundaki, mening uzun soqolim muammo sababi bo‘ldi. Ular darhol soqolimni olib tashlashni so‘rashdi. Lekin men 33 yoshdaman va bunday ko‘rsatmani bajarishni o‘zimga ep ko‘rmayman.

Ularning nazdida uzun soqol IShID jihodchisi ekaningni bildiradi.

Lekin men hatto musulmon emasman va jihodchilik nimaligini bilmayman ham. Bu aqlga sig‘mas ish bo‘ldi.

Albatta, Paskal Dyupra mening jamoani tark etishimni istmamagan, lekin u soqolimni olib tashlashimni istagandi.

Unga bunday qilmasligimni aytdim. Bu talabni bajarish o‘ta kulgili bo‘lardi. Men jamoa bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildim", deydi Jive.

Top