10:34 / 07.10.2015
3939

"Ipak yo‘lida turizm" 21-Toshkent xalqaro ko‘rgazmasi davom etmoqda

5 oktabr kuni Toshkentda "Ipak yo‘lida turizm" xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi ish boshladi. Ko‘rgazmaning birinchi kunida turli xorijiy kompaniyalarning namoyishlari, “Ipak yo‘li ta'mi” milliy taomlar, “Sharq bozori” festivallari o‘tkazildi. Bu haqda "O‘zbekturizm" MK axborot xizmati ma'lum qilgan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining milliy stendida o‘tkazilgan keramik buyumlarni tayyorlash bo‘yicha interfaol master-klass va “O‘zbekistonda turizm rivojida madaniy merosni asrash” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilgan. Konferentsiya davomida davlat va xalqaro tashkilot vakillari, jumladan UNWTO, UNESCO, GIZ vakillari ishtirok etishdi va O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda madaniy merosni asrash, O‘zbekistonning Buyuk ipak yo‘lida tutgan o‘rni, turizmda kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviylashtirish masalalari muhokama qilingan.

Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida “Ipak yo‘li ta'mi” va “Sharq bozori” festivallari va folklor-etnogorafik chiqishlar davom etdi. Bundan tashqari, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining maxsus master-klasslari interfaol tarzda o‘z ishini boshladi.

Top