14:44 / 07.10.2015
3081

Jurjyevich Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasining o‘rtoqlik uchrashuvlarida raqib futbolchilarini o‘rganadi

O‘zbekiston terma jamoalari texnik direktori Deyan Jurjyevich Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasining Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini tomosha qilish uchun jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining kelasi yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatidagi raqibi — Janubiy Koreya avstraliyaliklarga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Dastlabki uchrashuv 9 oktabr kuni bo‘lib o‘tsa, jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin 12 oktabrga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarda o‘tkaziladigan Osiyo chempionati final bosqichida "S" guruhidan o‘rin olgan. Guruhda Jalilov shogirdlariga Yaman, Iroq hamda Janubiy Koreya terma jamolari raqib bo‘ladi.

Top