17:05 / 07.10.2015
3459

Karim Benzema Fransiya termasidagi sheriklarini o‘ziga golli sharoit yaratib bermasliklari uchun tanqid qildi

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema milliy terma jamoadagi sheriklarini tanqid ostiga olib o‘tdi.

«Xuddi Madridda bo‘lgani kabi terma jamoa safida ham gollar ursam, ajoyib ish bo‘lardi. Men o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsatishim zarur, biroq buning uchun menda vaziyatlar ham bo‘lishi kerak.

Boshqa futbolchilar meni maydondan qidirishlari kerak. 90 daqiqa mobaynida bittagina imkoniyat bo‘lsa, gol urish qiyin masala.

Agar menda 5-6 ta xavfli vaziyatlar bo‘lsayu, shunda ham gol ura olmasam, ana o‘shandagina men haqimda gaplashsak bo‘ladi», – deya Benzemaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi As nashri L’Equipe manbasiga tayanib.

Qayd etib o‘tish joiz, Benzema Fransiya terma jamoasi safida 2014 yilning 11 oktabridan buyon gol kirita olmayapti. Bu davr mobaynida u oltita uchrashuvda maydonga chiqqan va yana uchta uchrashuvni o‘tkazib yuborgan.

Top