07:55 / 07.10.2015
4253

KUN.UZ dayjesti: 6 oktabrda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 6 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Turkmaniston prezidenti milliy xavfsizlik va mudofaa vazirlarini o‘zgartirdi>>

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov 5 oktabrda mamlakatning kuch blokidagi xodimlar orasida o‘zgartirishlar amalga oshirdi hamda milliy xavfsizlik va mudofaa vazirlarini o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda Turkmaniston televideniyesi.

Turkiya Rossiya aviatsiyasi tomonidan havo hududi yana bir bor buzilganini aytmoqda>>

Turkiya TIVda Rossiya aviatsiyasi nafaqat 3 oktabrda, balki 4 oktabrda ham Turkiya havo hududini buzganligi aytilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Qatarda boks bo‘yicha jahon chempionati boshlanmoqda>>

Bugun, 6 oktabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanadi. O‘z tarixida 18-marotaba tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida 260 nafar bokschi 10ta vazn toifasida bahslarga kirishadi. Turnirda olimpiada uchun 23ta yo‘llanma o‘ynaladi.

OAV: Pentagon Suriya masalasida Rossiya bilan uch yo‘nalishda hamkorlik qilishi mumkin>>

Pentagon Rossiya bilan Suriya masalasidagi hamkorlikning uch variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.

Google O‘zbekistonda!>>

2015 yilining 5 oktabr kuni Toshkentda AQShning Google korporatsiyasi ishlab chiqargan yangi Android One smartfonining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirning faxriy mehmonlari yangi smartfonning o‘ziga xosliklari, uning maxsus imkoniyatlari va ustunliklari haqida gapirib berishdi.

Toshkentdagi lyuks mehmonxona qurilishi pensiya jamg‘armasi hisobiga davom ettiriladi>>

O‘zbekiston hukumati poytaxtdagi besh yulduzli Hyatt Regency mehmonxonasi qurilishini Jamg‘arib boriluvchi pensiya tizimi mablag‘lari hisobiga nihoyasiga yetkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda Sputnik agentligi muxbiri.

Qozog‘istonda MDH davlatlari rahbarlarining kengashi to‘planadi>>

16 oktabr kuni Qozog‘istonning Bo‘rabay qishlog‘ida MDH davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilinmoqda.

Nazarboyev va Poroshenko Ostonada Minsk kelishuvlari ijrosini muhokama qilishadi>>

Qozog‘iston va Ukraina prezidentlari Nursulton Nazarboyev va Pyotr Poroshenko Ostonada uchrashuvi o‘tkazib, Minsk kelishuvlari ijrosi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Nazarboyevning matbuot xizmati xabar berdi.

Yevropa matbuoti Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi haqida>>

Yevropa matbuotida Rossiyaning Suriyada boshlagan harbiy harakatlari qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ayrim jurnalistlarning ta'kidlashicha, yevropalik siyosatchilar bunday kutilmagan ishdan sarosimaga tushib qolishgan. 

Afg‘oniston prezidenti saroyidan ikki odamga tegishli suyaklar topildi>>

Ta'mir ishlari olib borilayotgan Afg‘oniston prezidenti saroyidan ikki kishiga tegishli bo‘lgan suyaklar topildi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Manba: Rossiya aviatsiyasining "IShID" shtabiga bergan zarbasida 40 nafar terrorchi yo‘q qilindi>>

Suriya harbiy manbasi Palmira hududida Rossiya aviatsiyasi tomonidan "IShID" shtabi yo‘q qilinganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

O‘zbekistonlik muftiy dunyodagi eng nufuzli musulmonlar qatorida e'tirof etildi>>

O‘zbekiston bosh muftiysi Usmonxon Alimov Iordaniyaning Amman shahridagi Qirollik strategik islom tadqiqotlar markazi tomonidan tuzilgan dunyoning eng nufuzli musulmon kishilari ro‘yxatida qayd etildi.

Erdo‘g‘an: Rossiya Turkiya qiyofasida do‘stini yo‘qotishi mumkin>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyadagi vaziyat tufayli Rossiya bilan munosabatlar do‘stlik doirasidan chiqib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Top