15:37 / 07.10.2015
3248

"Milan" Xondani jamoa siyosatini tanqid qilgani uchun ketkazib yuborishi mumkin

"Milan" jamoasining yaponiyalik yarimhimoyachisi Keysuki Xonda qishki transferlar vaqtida sotib yuborilishi mumkin.

Calciomercato nashrida yozilishicha, bunga futbolchining jamoa siyosatini tanqid qilgani sabab bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Xonda ham "rossonerilar" safini tark etishni istamoqda.

U jamoani va bosh murabbiyni qattiq tanqid qilgan.

Biroz oldinroq, Keysuke Xonda «Milan»ni qaytadan qurish uchun «Manchester Siti» kabi pul sarflash kerakligini ta'kidlagani xabar qilingandi.

Bundan tashqari, "Milan" uni bu so‘zlari uchun jarimaga tortishi mumkinligi aytilgan.

Top