20:31 / 07.10.2015
6319

Namangandagi “Otaboy Sulolasi Otabek” fermer xo‘jaligi davlatga paxta topshirish rejasini 101 foizga bajardi

Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Otaboy Sulolasi Otabek” fermer xo‘jaligining 2015 yilgi davlat xaridiga paxta xom ashyosini topshirish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatini birinchilardan bo‘lib bajardi.

"Fermer xo‘jaligi a'zolari mamlakat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shib kelmoqda", deb yozadi bu haqda xabar bergan muxbir.

“Keksalarni e'zozlash yili” deb e'lon qilingan 2015 yilda paxta xom ashyosi bo‘yicha 30 gektar maydondan davlat ehtiyojiga topshirish uchun 120 tonnaga S-8286 navli g‘o‘za navini kontraktatsiya shartnomasi tuzilgan edi. Jamoamiz g‘o‘zani parvarish qilishda fermer xo‘jaligimiz ishchilari paxta yig‘im-terimini ham uyushqoqlik bilan tashkil etib, 12 kunda qabul punktiga sifatli va yuqori navli 121 tonna paxta xom ashyosini topshirdi", – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Ma'muraxon Turg‘unova.

Bu bilan yillik shartnoma rejasi 101 foizga bajarilgan.

"Ushbu natijalarga erishishimizda birinchi navbatda ishchi- larning moddiy manfaatdorligi va ijtimoiy himoyasi yaxshilanganligi o‘z samarasini berdi. Suvchilarimizdan Caidazimov Olimjon, Karimov Qodirjon, mexanizatorlarimizdan Ikramov Adhamjon g‘o‘za parvarishini tashkil etishda agrotexnika qoidalari asosida katta hissa qo‘shib, mo‘l hosilga zamin yaratdilar. Paxtakorlarimiz Azizova Raisa, Yusupova Ra'no, Rejabbayeva Sayyora, Valiyeva Sojida, Dadabayev Ulug‘bek o‘zlarining samarali mehnatlari bilan xirmonimizga baraka kiritdilar.

Yurtboshimizning biz fermerlarga yaratib berayotgan qulay sharoitlari va ko‘rsatayotgan cheksiz g‘amxo‘rliklariga javoban bundan keyin ham fidokorona mexnat qilaveramiz", deydi fermer.

Top