21:42 / 07.10.2015
3519

Navoiyda ijtimoiy ta'minot pullarini yeb yuborgan mahalla raisi qamaldi

Fuqaro Q. Qodirova yozgan arizaga muvofiq Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi Qiziltepa MFYning oxirgi 4 oy mobaynidagi faoliyat yuzasidan viloyat moliya boshqarmasi tomonidan tekshirishlar o‘tkazildi. Undu mahalla mansabdorlari kam ta'minlangan oilalarga ajratilgan yordam pullarini o‘zlashtirib kelgani aniqlandi.

Jumladan, MFY mutasaddilari tomonidan nafaqa tayinlashda oilalarning daromadi to‘liq o‘rganilmay, rasmiy dalolatnomalarga soxta ma'lumotlar kiritilib, 2-14 yoshdagi bolalari bo‘lgan ishsiz onalarga tayinlanishi ko‘zda tutilgan nafaqa pullaridan 22 fuqaroga 7 231 900 so‘m nafaqa pullari o‘zlashtirilgan.
“Huquq” gazetasining yozishicha, Navbahor tuman sudining hukmiga muvofiq mahalla raisi Sh. Kamolov jinoiy javobgarlikka tortildi.

Top