22:30 / 07.10.2015
6975

Nexia avtomobili moskvaliklar orasida talabgir tutilgan avtomobillar markalari o‘ntaligidan o‘rin oldi

Moskvaliklar orasida talabgirligi bo‘yicha yangi avtomobillar markalari o‘ntaligidan birorta ham Rossiya avtomobil brendlari o‘rin olmadi, deb xabar bermoqda "Avtostat" tahliliy agentligi.

Tahlilchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, Moskva aholisi orasida yangi yengil avtomobillardan eng talabgiri Hyundai Solaris hisoblanadi: 2015 yilning 8 oyi davomida Moskvada bu avtomobildan 9,1 ming dona sotilgan. Bu borada 2-o‘rinni 5,88 ming dona sotilgan Kia Rio avtomobili egalladi.

Yetakchi beshtalikka, shuningdek, Skoda Octavia (4,33 ming), Volkswagen Polo (3,9 ming) va Toyota Camry (3,04 ming) kirdi. Keyingi o‘rinlarni Nissan X-Trail, Kia Ceed, Skoda Rapid, Toyota RAV4 va Renault Duster avtomobillari egalladi.

Agentlikning ta'kidlashicha, moskvaliklarning yangi va tutilgan avtomobillar bozorlaridagi afzal ko‘rishliklari farqlanmoqda. Tutilgan avtomobillar orasida 8 oy ichida 7,45 ming dona sotilgan Ford Focus mashinasi egallamoqda. 2- va 3-o‘rinlarni 3,61 ming dona sotilgan Opel Astra va 3,19 ming dona sotilgan Volkswagen Passat egallamoqda.

4-o‘rinni Skoda Octavia (3,14 mingta), 5-o‘rinni Mercedes-Benz E-klass (3,11 mingta) egallagan. Moskvaliklar orasida talabgir tutilgan mashinalar yetakchi o‘ntaligidan shuningdek, 5-seriyadagi BMW, Daewoo Nexia, VAZ-2107, Mitsubishi Lancer va Toyota Camry ham o‘rin olgan.

Top