16:49 / 07.10.2015
6825

Toshkent davlat pedagogika universiteti tashkil etilganining 80 yilligi bayram qilindi

Respublikamiz yoshlarini ilm-ma'rifatli har tomonlama yetuk va komil inson bo‘lib voyaga yetishlarida asosiy tayanch ta'lim muassasasi hisoblangan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘zining qutlug‘ 80 yoshini nishonladi.
2015 yil 30 sentabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tashkil etilganligining 80 yilligi bayram tantanalari tashkil etildi. Ushbu bayram ta'lim muassasasi yubileyi hamda “1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar” kuni umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etildi. Bayram tadbirlarida respublikamizning bir qator vazirlik va idoralari rahbarlari, hamkor tashkilotlar, chet el elchixonalari va banalmilal markazlar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni kirish so‘zi bilan universitet rektori, pedagogika fanlari doktori Sh.S.Sharipov ochib, barcha universitet jamoasini bayram bilan qutladi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri U.Inoyatov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik deputatlari A.Qirg‘izboyev hamda O.Jamoldinovalar so‘zga chiqib bayram universitet ahlini, professor-o‘qituvchilar va talabalarni bayram bilan qizg‘in tabrikladi. Tabrik uchun so‘zga chiqqan xorijiy mamlakatlar oliy ta'lim muassasalari vakillari tomonidan universitet rektoriga hamkorlik uchun tashakkurnomalari va yorliqlar topshirildi.


Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, ularni zamonaviy yetuk kadrlar etib tayyorlash ishlarida faolligi va jonkuyarligi bilan alohida ajralib turgan bir guruh universitet professor-o‘qituvchilari “Xalq ta'limi a'lochisi”, “O‘rta-maxsus kasb-hunar ta'limi a'lochisi” mukofotlari va universitetning 80 yillik yubileyi nishoni bilan taqdirlandi. Universitetda a'lo baholarga tahsil olish bilan bir qatorda ma'naviy-ma'rifiy ishlardagi faolligi uchun eng iqtidorli va faol talabalar taqdirlandi. Tadbirning ma'naviy-ma'rifiy qismida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining honandalari, elimiz suygan san'atkorlar ishtirok etib barchani bayram bilan muborakbod etdi.

R.Raxmonov / “Kamolot” YoIH universitet boshlang‘ich tashkiloti Kengashi raisi

Top