09:01 / 07.10.2015
4451

OAV: Donbassdagi MH17 reysi qurbonlarining tanasida “Buk” parchalari topildi

Donbass osmonida halokatga uchragan Malayziyaning Boeing samolyotining qurbonlari tanasida “Buk” raketa kompleksining parchalari topildi, deb xabar beradi Niderlandiyaning NOS portali.

“Halok bo‘lganlarning tanalaridagi parchalar “Buk” qismlariga mos keldi. Bu namunalar qiyosiy tadqiq uchun ekspertlarga berildi”, - dedi Ukraina xavfsizlik xizmati bosh tergovchisi Vasiliy Vovk.

Xalqaro tekshirish guruhi Vovkning so‘zlarini “ehtiyotsizlik” deb baholashdi, shuningdek, bu borada bir nechta taxmin borligini bayon etishdi.
Ishlar shu yilning oxirigacha yakunlanishi aytilmoqda.

Top