09:22 / 07.10.2015
2270

O‘zbekiston - Litva kichik va o‘rta biznes vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar mustahkamlanadi

6 oktabr kuni Vilnyus shahrida O‘zbekiston va Litva Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Litva delegatsiyasiga vazir o‘rinbosari Andryus Krivas boshchilik qildi.

Tomonlar O‘zbekiston-Litva aloqalarini kengaytirish, hamkorlikning qo‘shma mexanizmlari faoliyatini faollashtirish zarurligi borasida fikr bildirishdi. Ikki mamlakat davlat va jamoat tashkilotlari, yetakchi iqtisodiy institutlari hamda kichik va o‘rta biznes vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlashga o‘zaro qiziqish bildirildi.

Muloqot davomida kun tartibidan o‘rin olgan qator masalalar, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda munosabatlarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Top