08:43 / 07.10.2015
6211

Pentagon rahbari AQSh tomonidan Qunduzda fojiaviy xatoga yo‘l qo‘yilganini tan oldi

AQSh Mudofaa vazirligi Qo‘shma shtatlarning Harbiy havo kuchlari Afg‘onistonning Qunduz shahridagi "Chegara bilmas shifokorlar" kasalxonasini nishonga olib, fojiaviy xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi.

Pentagon rahbari Karter fojia natijasi qurbonlarining yaqinlariga ta'ziya bildirgan va bu holat bo‘yicha tekshiruvlar olib borilishi haqida ma'lumot bergan.

"Biz bu vaziyat bo‘yicha qilish kerak bo‘lgan barcha ishni amalga oshiramiz, xatolik sababini sinchiklab o‘rganamiz. Tegishli shaxslarga javobgarlik yuklanadi", deydi Karter.

Eslatib o‘tamiz, 4 oktabrga o‘tar kechasi Qunduz shahridagi "Chegara bilmas shifokorlar" shifoxonasi AQSh harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgan va mijozlar yotgan o‘rinlarida yonib ketgandi.

Shuningdek, Qunduzda aviazarbaga uchragan shifoxona qurbonlari soni 22 nafarga yetgani ma'lum bo‘lgan.

Top