07:37 / 07.10.2015
2848

Putinning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi oktabrda mo‘ljallangan

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Qozog‘istonga asmiy tashrifi 2015 yil, oktabr oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kazkosmos matbuot xizmati xabariga asoslanib, Zakon.kz ma'lum qiladi.

Tashrif davomida ikki tomon hamkorligidagi turli masalalar, jumladan, kosmik sohalar doirasidagi savollar ko‘rib chiqiladi.

Tashrif doirasida Qozog‘iston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida Dombarovskiy tumanidan raketa uchirish va uning ajralgan qismlari kelib tushishi uchun Qozog‘iston hududidan alohida yer ajratish borasida kelishuv imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Top