17:09 / 07.10.2015
2709

Sayyohlik tashkilotlariga Maestro va MasterCard kartalari uchun terminallar o‘rnatish xizmati taklif qilinmoqda

Bugungi kunda O‘zbekistondagi tijorat banklari tomonidan xalqaro plastik kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “ORIYENT FINANS” xususiy aksiyadorlik tijorat banki Maestro va MasterCard xalqaro plastik kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan tijorat POS -terminallarini sayyohlik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarga o‘rnatish xizmatini taklif etmoqda.

“ORIYENT FINANS” banki Maestro va MasterCard xalqaro tizimining xavfsizlik mezonlariga muvofiq ravishda himoyalangan mikroprotsessor chiplaridan foydalangan holda xalqaro plastik kartalardan to‘lovlarni qabul qilish ekvayringini amalga oshiradi. Terminallar parki O‘zbekiston bozorida o‘zini ijobiy namoyish etgan Verifone kompaniyasining zamonaviy POS-terminallaridan tashkil topgan, deb xabar qiladi «O‘zbekturizm» MK matbuot xizmati.

Top