08:48 / 07.10.2015
3373

Texasda meksikalik muhojirni o‘ldirib, 8 dollar pulini o‘g‘irlagan shaxs qatl qilindi

AQShning Texas shtatida 1998 yilda meksikalik muhojirning joniga qasd qilib, uning 8 dollar pulini o‘g‘irlagan 35 yoshli erkakka nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi ijro etildi, deya xabar berdi Reuters.

Xuan Martin Garsiya Xyuston shahrida oilasi bilan bir necha hafta muqaddam Meksikadan ko‘chib kelgan Xyu Solanoni otib, tunab ketgan edi, deb yozmoqda New York Daily News.

Garsiya o‘z aybiga iqror bo‘lgan va jazo ijro etilishidan bir oy avval barchasi Xudoning irodasi bilan sodir bo‘lganini aytgan.

Bir yil ichida 11- marta ijro etilgan o‘lim jazosi igna orqali tanaga yuboriladigan o‘lim keltiruvchi dori vositasi yordamida amalga oshirildi.

Qayd etilishicha, Texas oliy jazolarni ijro etish bo‘yicha yetakchilik qiladi.

Top