17:51 / 07.10.2015
2577

TIAISVda fransuz kompaniyalarining davlat obektlarining xususiylashtirilishiga jalb etilishi masalasi muhokama qilindi

6 oktabr kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Fransiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri Els bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya, texnologiya, moliya-texnologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar asosiy e'tiborni 2015-2016 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish dasturida ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarni amalga oshirishga fransuz kompaniyalarini jalb qilish masalasiga qaratishdi.

Uchrashuv yakunlarida 2015 yil 5-6 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro investitsion forum, shuningdek, 2016 yil birinchi choragida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya bilan birgalikda o‘tkaziladigan navbatdagi yig‘ilishda fransuz biznesining keng ishtirokini ta'minlash bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Top