08:59 / 07.10.2015
2315

United Airlines samolyoti ikkinchi uchuvchining tobi qochishi natijasida boshqa shtatga majburan qo‘ndi

United Airlines aviakompaniyasiga tegishli, Xyuston shahridan (Texas shtati) San-Frantsiskoga ( Kaliforniya shtati) uchayotgan yo‘lovchi samolyot Nyu-Meksika shtatining Albukerke shahriga majburan qo‘nishni amalga oshirdi.

CNN telekanali orqali xabar qilinishicha, bunga ikkinchi uchuvchi o‘zini yomon his qila boshlagani sabab bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, Albukerkeda uning o‘rniga boshqa uchuvchi tayinlangan va ko‘p o‘tmasdan parvoz davom etgan.

Top