08:55 / 07.10.2015
1996

Volkswagen‘ning yangi rahbari 2-3 yilda kompaniyaning mavqeini qayta tiklashni rejalashtirmoqda

Porsche’ning sobiq va Volkswagen’ning amaldagi bosh direktori Mattias Myuller Volkswagen kompaniyasi dizel dvigatellar bilan bog‘liq mojarodan so‘ng yana 2-3 yil o‘tib yana o‘z mavqeini tiklab olishga barcha imkoniyatlarga ega deb aytdi.

Uning aytishicha, ko‘pchilik mashinalarda zararli chiqindilar muammosini dastur orqali tuzatish mumkin va faqatgina ba'zilarda katalizator va forsunkalarni almashtirishga to‘g‘ri keladi.

Myullerning aytishicha, ma'lumotlar bilan firibgarliklar AQShda emas, balki Germaniya hududida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, Myuller kompaniyaning dizelli modellarining AQSh bozoridan ketishi imkoniyatini inkor etmoqda.

Yangi bosh direktor dividendlar to‘lash borasidagi qaror hali qabul qilinmagani va bu qaror 2016 yilning bahorida aksiyadorlar yig‘ilishida qabul qilinishi kutilayotganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Avvalroq Volkswagen atrofidagi mojaro Yevropa Ittifoqidagi 8 mln ta dizel avtomobilni qamrab olgani ma'lum qilingandi.

Top