08:56 / 08.10.2015
6978

AQSh Davlat departamenti: Rossiya aviatsiyasining 90 foiz aviazarbalari IShID va "Al-qoida" jangarilariga qarshi qaratilmagan

AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘i Jon Kirbi 7 oktabrda chiqish qilib, Rossiya harbiy-koinot kuchlari tomonidan Suriyada amalga oshirilayotgan 90 foiz aviazarbalar IShID va "Al-Qoida" terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi emas, balki Suriya muxolifatiga qarshi qaratilayotganini aytdi.

"Aviazarbalar katta miqdorda, Suriya uchun yaxshi kelajak istayotgan va Asadni hokimiyat tepasida ko‘rishni istamayotgan muxolifat guruhlariga qarshi yo‘naltirilgan", deb aytmoqda Kirbi.

Kirbi AQSh Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasini "Rossiyaning katta xatosi" deb yana bir takrorlab o‘tdi. "Chunki ular nafaqat Suriyadagi diniy keskinlikni murakkablashtirishmoqda, balki Rossiyadagi diniy keskinlikni ham avj oldirishmoqda. Ular o‘zlarini katta xatarga qo‘ymoqdalar", deb ta'kidlab o‘tdi Kirbi.

Top