16:14 / 08.10.2015
5519

AQSh o‘z razvedkasining xatolarini o‘rganib chiqmoqda

AQSh kongressmenlari razvedka xizmatlarining harakatlari yuzasidan taftish o‘tkazmoqda. Ularning fikricha, agentlar Rossiyaning Suriyaga kirib kelishidagi harbiy miqyoslarni baholashda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘ygan.

Senat va Vakillar palatasining razvedka qo‘mitalari birgalashib surishtiruvni olib bormoqda.
Reuters agentligining ma'lum qilishicha, Rossiyaning Suriyaga osonlikcha kirib kelishi birinchi galda razvedkaning aybi sifatida ko‘rilmoqda. Ular to‘g‘ri va aniq ma'lumotlar yetkazmagan, Rossiya ta'sirini to‘g‘ri baholay olmagan.

Top