08:45 / 08.10.2015
2774

AQSh sharqida yuz bergan suv toshqinlari qurbonlari soni 19 nafarga yetdi

AQShning Janubiy Karolina va Shimoliy Karolina shtatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishidan keyin ro‘y bergan suv toshqinlari natijasida 19 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda mahalliy mansabdorlardan biri ma'lum qilgan.
Oxirgi xabarlarda 16 kishining o‘limi haqida aytilgandi.

Keyingi hafta ichida Janubiy Karolinada kamida 11 kishi cho‘kib ketgan va 6 kishi avtoavariyaga uchrab, halok bo‘lgan. Qo‘shni shtat Shimoliy Karolinada esa bu hodisalar tufayli 2 kishi olamdan ko‘z yumgan.

Ushbu tabiat hodisasiga Atlantika okeanida sodir bo‘lgan "Xoakin" dovuli sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda Janubiy Karolina shtatida og‘ir vaziyat saqlanib qolmoqda. Uayldvud tumanidagi suv to‘g‘oni buzilishi xavfi paydo bo‘lgach, hukumat minglab kishilarni evakuatsiya qilgan.

Janubiy Karolina shtati gubernatori Nikki Xeyli ushbu tabiiy ofat tufayli ko‘rilgan moddiy zarar miqdorini hisoblab bo‘lmayotganini aytgan. Uning aytishicha, shtatdagi ko‘plab yo‘llar va ko‘priklar jiddiy shikastlangan. O‘n minglab kishilar suv va elektr energiyasi ta'minotisiz qolgan.

AQSh prezidenti Barak hafta boshida Obama Janubiy Karolinaga federal yordam jo‘natishga ko‘rsatma bergan.

Top