23:06 / 08.10.2015
3956

"Chelsi" italiyalik darvozabon Marko Ameliyani o‘z tarkibiga qo‘shib oldi

"Chelsi" jamoasi Marko Ameliyani o‘z tarkibiga qo‘shib olgani haqida rasman ma'lum qildi.

Tomonlar mavsum oxirigacha bitim tuzishgan.

Ameliya londonliklar safiga erkin agent maqomida kelib qo‘shilgan.

Italiyalik darvozabon yangi jamoasi safida 32 raqam ostida harakat qiladi.

Qayd etish kerakki, "Chelsi"ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua jarohat tufayli 2 oyga safdan chiqqandi.

Ikkinchi darvozabon Asmir Begovich esa ishonchni oqlay olmayapti.

Top