16:21 / 08.10.2015
3786

Klopp "Liverpul"ga o‘zi bilan yordamchilarini ham olib kelish shartini qo‘ymoqda

Yurgen Klopp va “Liverpul” klubi rahbariyati germaniyalik mutaxassisning ish shartlarini muhokama qilishda davom etishmoqda.

Bild nashrining ma'lumotiga ko‘ra, 48 yoshli mutaxassis agenti Mark Kosichke bilan ish shartlarining so‘nggi masalalarini hal etish va shartnoma imzolash uchun bugun Angliyaga boradi. 9 oktabr kuni esa Klopp “Liverpul” bosh murabbiyi sifatida ommaga tanishtirilishi kutilmoqda.

Uning yillik maoshi 10 million yevrodan iborat bo‘lishi aytilgan.

Xabar qilinishicha, “Liverpul” rahbariyati Klopp Brendan Rojyersning yordamchilari Shon O’Driskoll va Geri Makallister bilan ishlashini talab qilmoqda.

Klopp esa o‘z navbatida o‘zining Dortmundning “Borussiya” jamoasidagi yordamchilari Jyelko Buvach va Peter Kravets bilan birgalikda ishlamoqchi.

Shuningdek, Klopp unga transfer siyosatida mustaqillik berilsa, «Liverpul»da ishlashga roziligi haqida xabar qilingandi.

Qayd etish kerakki, ushbu mutaxassisda "Bavariya" jamoasida ishlash varianti ham bor.

Top