22:53 / 08.10.2015
6424

KUN.UZ dayjesti: 8 oktabrda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 8 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Toshkent va Ashxobod o‘zaro hujjatlar paketini imzoladi>>

8 oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-turkman muzokaralari yakuniga ko‘ra turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar paketi imzolandi

Toshkent ko‘chalarini yoritishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda>>

Toshkent ko‘chalarini yoritishda zamonaviy texnik yechimlardan foydalanilmoqda

Obama Qunduzda shifoxona o‘qqa tutilgani uchun "Chegarasiz shifokorlar"dan uzr so‘radi>>

AQSh prezidenti Barak Obama AQShlik harbiylar tomonidan Afg‘onistonning Qunduz shahrida "Chegarasiz shifokorlar" tashkilotiga tegishli shifoxonaning o‘qqa tutilishi uchun tashkilotdan uzr so‘radi

O‘zbekiston Rossiyaga avtomobil eksport qilish hajmini 51 foizga kamaytirdi>>

O‘zbekiston avtomobilsozlari 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida avtomobil eksporti hajmini 51 foiz yoki 15498 donaga qadar qisqartirdi

Turkiyada maktab portladi>>

Turkiyaning Diyorbaki viloyatidagi Silvan tumanida joylashgan maktabda portlash sodir bo‘ldi

AQSh Kongressi Ukrainaga qurol yetkazib berish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi>>

AQSh Kongressi 2016 yilgi mudofaa xarajatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi

Merkel Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a'zo bo‘lishiga doimo qarshi ekanini aytdi>>

Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a'zo bo‘lishiga qarshi ekanini yana bir bor ma'lum qildi

AQSh odam ko‘payib ketgan qamoqlardan mahbuslarni ozod qilmoqda>>

30 oktabrdan keyin AQShda giyohvand moddalar saqlash va sotishda ayblanib qamalgan 6 ming kishi ozodlikka chiqariladi

FT: Britaniya NATOning Boltiqbo‘yidagi harakatlarida ishtirok etadi>>

Buyuk Britaniya Boltiqbo‘yi mintaqasida NATO qurolli kuchlarini uzoq muddatga joylashtirishda Germaniya va AQSh bilan hamkorlik qiladi

Blatter FIFA prezidentligidan 90 kunga chetlashtirildi>>

FIFAning Odob-axloq bo‘yicha qo‘mitasi tashkilot prezidenti Yozef Blatterni 90 kunga o‘z vazifalarini bajarishdan soqit qildi

Rossiya bosh shtabi Afg‘onistonda IShIDning 3 ming jangarisi borligini aytdi>>

Rossiya bosh shtabining hisob-kitoblariga qaraganda, Afg‘oniston hududida hozirlikda IShIDning 2-3 ming jangarisi faoliyat olib bormoqda

2018 yilgi JCh o‘yinlarini qabul qiladigan stadionlar nomi ma'lum qilindi>>

Rossiyada 2018 yilda futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionati o‘yinlarini qabul qiluvchi o‘yingohlar tasdiqlandi

Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiyadan gaz xarid qilish masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin>>

Turkiya Rossiya bilan munosabatlarning Suriya tufayli keskinlashuvi munosabati bilan ushbu mamlakatdan gaz sotib olish masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin

Saudiya Arabistonida Makkadagi fojyea qurbonlariga badal puli to‘lash qo‘mitasi ish boshladi>>

11 sentabr kuni Makka shahridagi al-Harom masjidi hududiga kran qulab tushishi natijasida halok bo‘lganlarga badal pulini to‘lash bo‘yicha maxsus qo‘mita pul to‘lovlarini olishi lozim bo‘lgan shaxslar haqidagi ma'lumotlarni to‘plashga kirishdi

Jahon banki: kambag‘al davlatlar aholisi boy davlatlarga ko‘chib o‘tishda davom etadi>>

Jahonda yirik demografik siljish sodir bo‘lmoqda, u yaqin bir necha o‘n yil ichida iqtisodiy taraqqiyot xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi

Qunduzdagi voqealardan so‘ng NATO Afg‘onistondagi missiyasini cho‘zishi mumkin>>

Qunduzda bo‘lib o‘tgan voqealar munosabati bilan NATOning Afg‘onistondagi missiyasi yana davom ettirilishi mumkin

"O‘zbekenergo" AJ 5 mln dona zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatishni rejalashtirmoqda>>

"O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tomonidan elektr energiyasini nazorat va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan

FIFA Mishel Platinini ham 90 kunga futboldan chetlatdi>>

FIFA axloq qo‘mitasi tashkilotning yana ikki nafar a'zosini o‘z lavozimidan vaqtinchalik chetlatdi


Top