19:45 / 08.10.2015
15509

Mashhur kompaniya rahbarlarining 17 ta eng qimmat “o‘yinchog‘i”

Agar moliyaviy ahvolingiz bir necha milliard dollarga teng bo‘lsa, mablag‘ingizni anchayin qimmat “o‘yinchoq”larga sarflagingiz kelib qoladi. Ayon bo‘lishicha, AT kompaniyalarining boyvachcha vakillari ham bundan mustasno emas. Sport komandalaridan tortib, xususiy somolyotlargacha. Mashhur kompaniyalarning boy vakillari pullarini nimalarga sarflashini ko‘rib chiqamiz.

1.Googlening direktorlar kengashi raisi Erik Shmidtning 72 million dollar miqdoridagi “Oazis” nomli yaxtasi mavjud. U yaxtani haftasiga 400 000 dollarga ijaraga beradi. Yaxta juda keng va ajoyib qulayliklarga ega. Unda basseyn, suv chang‘isida uchishga imkoniyat va mashg‘ulot zali bor. Bu zalni istakka qarab raqs maydoniga aylantirish mumkin.

2.Yahooning ijrochi direktori Marissa Mayyer o‘zining dizaynerlik ishlariga ixlosmandligi bilan ma'lum. 2006 yilda u Deyl Chixulining 400 ta shisha san'at asarlari  kolleksiyasini yig‘di. Marissa ushbu san'at namunalarini San-Frantsiskodagi Four Seasons mehmonxonasida joylashgan pentxausi shiftiga o‘rnatdi. Chixulining bitta san'at namunasi o‘rtacha hisobda 15 000 dollarga sotiladi. Mish-mishlarga qaraganda 400 ta shisha san'at asarlarining sohibasi uyiga ko‘chirilishi shaharda jiddiy yo‘l tirbandligiga olib kelgan.

3.Tesla ijrochi direktori Ilon Mask kim oshdi savdosida suvosti qayig‘i uchun 866 000 dollar pul to‘ladi. Bu qayiq 1977 yilda Bond to‘g‘risidagi suratga olingan “Meni sevgan josus” filmida ko‘ringan edi. Ilon uni “haqiqiy” qilishga urinib ko‘rishni istashini aytgan edi. 

4.Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin samolyotlarni yig‘ishni xush ko‘rishadi. Uzunquloq gaplarga ko‘ra, ular tarkibida  Boeing 757, Boeing 767 va ikkita Gulfstream Vs bo‘lgan aviaflotini saqlash uchun yiliga 1,3 million dollar to‘lashadi. Flot Kremniy vodiysida joylashgan. 2008 yilda Peyj va Brin o‘z kolleksiyasiga hujumchi samolyot 1982 yilgi Dornier Alphani qo‘shib qo‘yishdi.

5.Samolyotlardan tashqari, Larri Peyj "Tuyg‘u" nomli superyaxtaga egalik qiladi. U yaxtani 2011 yilda Yangi zelandiyalik biznesmen ser Duglas Mayyersdan 45 million dollarga sotib olgan.

6.Oracle kompaniyasi direktori Larri Ellison katta bolalar uchun atalgan g‘ayrioddiy o‘yinchoqlar ishqibozi. U ko‘plab ko‘chmas mulk, tezyurar avtomobillar kolleksiyasi va harbiy samolyotlar sohibi. 2012 yilda esa Lanai oroli uchun 500 million dollar sarfladi. U bu yerda ekokurort tashkil qilishni rejalashtirgan. Saldan so‘ng o‘sha yili u mehmonlarni orolga olib borish uchun Island Air aviakompaniyasini sotib oldi.

7.Bundan tashqari, Ellison 87 metrli, 16 asrda yashab o‘tgan mashhur yapon jangchisi sharafiga nomlangan “Musasi” nomli yaxta egasi. Boshqa ko‘plab qulayliklar qatorida, yaxtada ikkita master-syut va basketbol o‘ynash uchun joy mavjud.

8.Investor-milliarder Mark Kyuban 87 metrli yaxta Fountainhead egasi sanaladi. Tashqi tomondan u deyarli Ellisonning “Musasi”siday ko‘rinadi. Ammo aytishlaricha, Kyuban yaxtasi intereri qadimiy uslubda nafis qilib ishlangan.

9.Bundan tashqari, Kyuban xususiy samolyotlar — Gulfstream V, Boeing 757 va Boeing 767 larni ham sotib olgan. 1999 yilda u Gulfstreamni onlayn usulda sotib olganida, Kyubanning 40 million dollarlik xaridi tarmoqda amalga oshirilgan eng qimmat xarid, deya baholanib Ginnes rekordlariga kiritilgan edi. 

10.Virgin Group milliarderi Richard Brenson 300 kv.m li Neker orolchasi egasidir. Uning bu yerda barpo etilgan kurortiga 30 nafar kishi hordiq olishi mumkin. Agar mehmonlar basseyn yoki sohil yonidagi dam olishdan charchashsa, ular Brensonning Necker Belle yaxtasida sayr qilishlari yoki uning Necker Nymp suvosti kemasida dengizni tadqiq qilishlari mumkin.

11.Brenson doim dengizni sevgan. U 2004 yilda Aquada — dunyodagi ilk o‘ta tezyurar mashina-amfibiyani sotib olgan birinchi kishi bo‘lgan edi. O‘sha yili yozda u La-Mansh bog‘ozini bor-yo‘g‘i 1 soatu 40 minutda suzib o‘tib rekord o‘rnatgan. 

12.Brenson Falcon 50EXda uchadi. U yaqinda o‘zining Neker oroli hayoti uchun kattalik qiladigan Falcon 900EXni sotdi. “Menga Britaniyaning Virginiya orollaridan chiqib olish uchun kichikroq samolyot kerak. Boshqa qisqa muddarli uchishlarda ham undan foydalanaman”.

13.Hammaga ma'lumki, Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts mutolaani juda xush ko‘radi va uning uyidagi kutubxona noyob kitoblarga to‘la. 1994 yilda u XV asr manuskripti bo‘lgan Leonardo da Vinchining “Lester kodeksi”ni sotib olgan. Geyts u uchun 30,8 million dollar mablag‘ sarflagan. Kitob kim oshdi savdosida sotilgan eng qimmat manuskript bo‘ldi.

14.Geyts hamisha tezyurar mashinalarni sevgan. U Porsche 930 Turbo, Porsche 959, Jaguar XJ6, Carrera Cabriolet 964 va Ferrari 348 sohibi edi. Microsoft da ishlagan ilk yillarida u 1979 yilda ishlab chiqarilgan Porsche 911ni sotib olgan va sahroda mashg‘ulotlar o‘tkazgan.

15.Microsoft  hamasoschisi Pol Allenning ko‘plab qiziqarli xobbilari bor. Uning 126 metrli yaxtasi “Oktopus” dunyodagi eng katta yaxtalardan biri. Unga ikkita vertolyot va suvosti kemasi sig‘adigan joy, shuningdek, kechalar o‘tkazish uchun shinam maydon mavjud.

16.Allen Ikkinchi Jahon urishining samolyotlarini va boshqa asori-atiqalarni 90-yillardan boshlab yig‘a boshlagan. 2004 yilda u omma uchun o‘zining 31 ta buyumdan iborat kolleksiyasini ochdi. Mish-mishlarga ko‘ra uning miqdori bir necha million dollarni tashkil etadi. Hozirda mazkur harbiy muzey Vashington shtatining Everette angarida joylashtirilgan.

17.2014 yil mayida Microsoftning ijrochi direktori Stiv Balmer savdolarda g‘olib bo‘lib, Los Angeles Clippers basketbol jamoasini naq 2 milliard dollarga sotib oldi.

Manba: Xabardor.uz

Top