09:54 / 08.10.2015
5813

Merkel Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a'zo bo‘lishiga doimo qarshi ekanini aytdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a'zo bo‘lishiga qarshi ekanini yana bir bor ma'lum qildi. Bu haqda Germaniya hukumati rahbari 7 oktabr kuni kechqurun ARD telekanalidagi tok-shouda aytib o‘tdi.

“Men Turkiyaning Yevropa Ittifoqi a'zoligiga doimo qarshi bo‘lganman va ushbu fikrda qolaman”, - dedi Merkel.

Biroq uning fikricha, Yevropa to‘qnash kelib turgan muhojirlar inqirozini hal etishda Turkiya bilan muloqotlarni qo‘llab-quvvatlash zarur. “Haqiqatdan biz bir-birimizga kerakmiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Top