15:58 / 08.10.2015
4763

"O‘zbekenergo" AJ 5 mln dona zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatishni rejalashtirmoqda

"O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tomonidan elektr energiyasini nazorat va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, loyiha yangi turdagi zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatish orqali elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, elektr energiyasi iste'molini aniq, ishonchli va to‘liq hisobga olinishini ta'minlash hamda elektr energiyasi isrofini kamaytirib, iste'molchilarning to‘lov intizomini yo‘lga qo‘yish maqsadlariga qaratilgan.

Loyiha doirasida aksiyadorlik jamiyati tomonidan 5 million dona zamonaviy elektron hisoblagichlarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Uni amalga oshirish uchun "Osiyo taraqqiyot banki", "Jahon banki", "Islom taraqqiyot banki" va boshqa investorlarning kredit mablag‘lari jalb etilmoqda.

Top