09:33 / 08.10.2015
4486

Pentagon AQSh dronlariga Rossiya samolyotlari tomonidan xavf solingani haqidagi xabarni inkor etdi

AQSh Mudofaa vazirligida Suriyada Rossiya samolyotlari tomonidan AQSh dronlari taqib qilingani holati inkor etildi va rossiyalik uchuvchilar koalitsiya samolyotlari bilan to‘qnash kelganlarida "mas'uliyatli va professional tarzda harakat qilishlariga" umid bildirildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Bizga bunday xabarlar ma'lum va biz vaziyatni kuzatishda davom etmoqdamiz. Koalitsiya biror marta ham bizning dronlarga xavf solinganini his qilmadi", deb aytdi Pentagonning rasmiy vakili Mishel Baldansa.

Baldansa AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari birinchi navbatda IShID terrorchilik guruhiga qarshi va bu guruhni yo‘q qilishga qaratilganini eslatib o‘tdi.

Avvalroq Suriyada AQSh jangovor samolyoti Rossiya samolyoti tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgani ma'lum qilingandi.

Top