11:55 / 08.10.2015
3573

Rojyers Angliya terma jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) terma jamoa bosh murabbiyi Roy Xojson bilan shartnomani uzaytirmaydigan bo‘lsa, uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Roy Xojson bilan amaldagi shartnoma Yevro-2016 turniri oxirigacha tuzilgan.

The Telegraph nashri ma'lumotlariga ko‘ra, AFA terma jamoani ingliz mutaxassisiga topshirishni niyat qilmoqda.

Agar Alan Pardyu, Garri Monk, Gari Nevill yoki Garet Sautgeyt bu lavozimga munosib emas, deb topilsa, bor e'tibor Brendan Rojyers va Devid Moyyesga qaratilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Roberto Martines ham qisqartirilgan ro‘yxatdan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Brendan Rojyers APLning 8-turida "Everton"ga qarshi kechgan o‘yindan keyin "Liverpul" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgandi.

Top