16:20 / 08.10.2015
9731

Sirg‘ali bozorida Lacetti narxi 10 ming dollarni tashkil qilmoqda

Toshkentdagi Sirg‘ali avtomobil bozorida 40 ming km masofa bosgan Chevrolet Lacetti mashinalari o‘rtacha 10 300 dollarga sotilmoqda.

Buni 5 oktabr holatiga ko‘ra e'lon qilingan narxlar ko‘rsatmoqda. Taxminan mana shuncha yurgan Cobalt’lari narxi esa biroz arzonroq bo‘lib, 9 ming dollarni tashkil qilmoqda.

Bozorning eng katta qismini Nexia mashinalari egallagan. Ularni chiqarilgan yiliga va bosgan yo‘liga qarab, 8 500, 5 500, 4 700 dollarga sotib olish mumkin.

Top