23:56 / 08.10.2015
9450

Suriya mojarosi: 8 oktabr kuni Yaqin Sharq mintaqasiga bog‘liq holda sodir bo‘lgan muhim voqealar

Quyida bugun "Suriya mojarosi" bo‘yicha yuz bergan eng muhim yangiliklarni takroran havola qilamiz.

Internetda Rossiya raketalarining Kurdiston ustidan uchib o‘tgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi>>

Kurdistonning "Peshmerg" ko‘ngillilar qo‘shinining tvitter-akkauntida Rossiyaga tegishli ekanligi ehtimol qilinayotgan qanotli raketalarning Kurdiston ustidan uchib, Suriyada jangarilar tomonidan nazorat qilinayotgan hududga yo‘nalayotgani tasvirlangan video joylashtirildi

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasidan ko‘zlangan maqsadlardan xabardor etdi>>

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvi davomida Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalaridan ko‘zlangan maqsad nimadan iboratligi haqida tushuntirish berdi

Rossiya TIV: AQSh kimga qarshi jang qilyapti o‘zi?>>

Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning IShID pozitsiyalari bo‘yicha axborot almashishdan bosh tortishiga munosabat bildirib o‘tdi

AQSh Davlat departamenti: Rossiya aviatsiyasining 90 foiz aviazarbalari IShID va "Al-qoida" jangarilariga qarshi qaratilmagan>>

AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘i Jon Kirbi 7 oktabrda chiqish qilib, Rossiya harbiy-koinot kuchlari tomonidan Suriyada amalga oshirilayotgan 90 foiz aviazarbalar IShID va "Al-Qoida" terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi emas, balki Suriya muxolifatiga qarshi qaratilayotganini aytdi

IShID o‘z qabihliklarini targ‘ibot qilishda Telegram messenjeridan foydalanmoqda>>

IShID terrorchilik guruhi Telegram messenjerining mobil versiyasidan targ‘ibot materiallari va videoroliklarini tarqatishda foydalanmoqda

Suriya armiyasi boy berilgan shaharlarni ozod qilish uchun keng ko‘lamli hujumga o‘tdi>>

Suriya armiyasi 8 oktabr kuni keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarga kirishdi

Toyota IShID uning mashinalarini qanday qilib qo‘lga kiritayotganini o‘rganadi>>

Yaponiyaning Toyota Motor Corp korporatsiyasi IShID guruhining qo‘liga uning mashinalar qanday qilib tushayotganini batafsil o‘rganishga kirishadi

Kaspiy flotiliyasi raketalarining Suriyaga uchirilishi qayd qilingan video 2,8 mln marta tomosha qilindi>>

Kaspiy dengizidagi harbiy kemalardan Rossiya qanotli raketalarining IShID obektlari tomonga uchirilishi tasvirlangan video qariyb 2,8 million martaba tomosha qilindi

NATO Turkiyaga qo‘shin jo‘natishga tayyor>>

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans havo kengliklariga Rossiya samolyotlari buzib kirganidan so‘ng o‘z ittifoqdoshini himoya qilish maqsadida Turkiyaga harbiy qo‘shinlar yuborishga tayyor ekanini ma'lum qildi

Pentagon: Suriyada AQSh samolyoti Rossiya samolyoti bilan to‘qnashib ketmaslik uchun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi>>

Suriyada AQSh jangovor samolyoti oxirgi 6 kun ichida kamida bir marta Rossiya samolyoti bilan to‘qnashib ketmaslik uchun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi

WSJ: AQShning NATOdagi elchisi Suriyada "Rossiya harbiy bataloni" borligini ma'lum qildi>>

AQShning NATOdagi doimiy vakili Duglas Lyut Suriyada bir batalon miqdorida rossiyalik harbiylar borligini ma'lum qildi

WSJ: Obama Suriyada harakatga o‘tishi kerak>>

AQSh ma'muriyati va ko‘plab ekspertlar prezident Barak Obama Suriya masalasida jiddiy choralar ko‘rmayotganidan xavotirda

Top