Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida O‘zbekiston fuqarosi uysiz odamni o‘ldirishda ayblanib qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, 33 yoshli Aleksandr Ch. boshidan og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan va u yerda bir hafta yotib, olamdan o‘tgan.
Aniqlanishicha, u uysiz bo‘lgan va spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan.
O‘sha kuni u 38 yoshli o‘zbekistonlik Komil Husinov bilan kelishmovchilikka borgan. Oradagi mushtlashuvda Husinov uning sog‘lig‘iga jiddiy ziyon keltirgan va hatto pichoq bilan tahdid qilgan.
O‘zbekiston fuqarosi 7 yil 7 oyga qamaldi.