22:23 / 09.10.2015
7686

Android One smartfonlari poytaxt savdo markazlarida sotilmoqda

Artel kompaniyasi tomonidan Google bilan hamkorlikda chiqarilgan Android One smartfonlarini poytaxt savdo markazlaridan 800-850 ming so‘mdan sotib olish mumkin.

Android One 5-dyuymli 1280x720 IPS-displey bilan hamda 64 bitli 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 410 protsessori bilan jihozlangan. Unda Adreno 306 grafik nazorati bor.

Uning operativ xotirasi 2 Gb, o‘rnatilgani xotirasi esa 16 Gb. ni tashkil etadi. Smartfon ikki yillik kafolat bilan Android 5.1.1 Lollipop operatsion tizimida ishlaydi. Bundan tashqari smartfon ikkita SIM-kartada ishlaydi va 4G (LTE) mobil aloqasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Unda 5-Mp li oldi, 13-Mp li orqa kameralar o‘rnatilgan. Smartfon majmuasida quvvatlantirgich, quloqchin, silikonli qoplama, shuningdek, telefon ishlanmasi bilan tanishtiruvchi hujjatlar bor, deb yozadi mobinfo.uz.

Top