21:45 / 09.10.2015
5814

AQShning USS Porter esminetsi Odessa portiga kirdi

AQShning harbiy-dengiz kuchlariga tegishli USS Porter esminetsi boshqariluvchi raketa qurol-aslahasi bilan Ukrainaning Odessa portiga kirdi. Bu haqda Ukrainaning “UNIAN” agentligi ma'lum qildi.

Kema Odessada bir necha kun bo‘lishi kutilmoqda, deb yozmoqda agentlik.

AQSh HDK 6-floti matbuot xizmatida Porter Qora dengizda Ukrainadagi harbiy ixtilof sababli NATO bo‘yicha ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Atlantik qat'iylik” operatsiyasi davomida harakat qilayotgani ma'lum qilindi.

USS Porter esminetsi 1996-1998 yillar davomida qurilgan. Kemaning maksimal tezligi 32 uzel (58 km), uzunligi 53,92 metr, eni 20,1 metr, ekipaji 337 kishini tashkil qiladi.

Top