15:52 / 09.10.2015
9592

Ekspert: Toyota mashinalari IShIDga Avstraliya orqali yetkazilmoqda

Toyota avtomobillari IShID terrorchilari qo‘liga Avstraliyadan yetkazilmoqda. Bu haqda RIA “Novosti”ga terrorizm muammolari bo‘yicha ekspert, avstraliyalik professor Greg Barton ma'lum qilgan.
Uning oydinlik kiritishicha, yapon mashinalari Avstraliyadan o‘g‘irlanib, Turkiya orqali Suriyaga yetkazilmoqda.
Bartonning qayd etishicha, Toyota kompaniyasi IShID jangarilari ishlatayotgan Hilux avtomobillarini odatda oq rangda ishlab chiqaradi. Shuningdek, mazkur avtomobillar unga pulemyot o‘rnatish qulay bo‘lgani uchun ham terrorchilar tomonidan keng qo‘llaniladi.

Top