07:22 / 09.10.2015
4135

Eshton Karter: AQSh Suriyaning o‘rtamiyona muxolifatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda

AQSh Suriyaning o‘rtamiyona muxolifatiga ko‘mak ko‘rsatishni davom ettirmoqda, deb aytdi 8 oktabrda jurnalistlarga NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishidan keyin AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter.

AQSh prezidenti Barak Obama o‘tgan haftada AQSh Suriya muxolifatiga ko‘mak berishni davom ettirishini aytgan edi. Shu bilan bir vaqtda bir guruh senatorlar Pentagon, AQSh Davlat departamenti va MRB rahbarlariga Suriya muxolifati jangarilarini o‘qitish va jihozlash dasturini to‘xtatish iltimosi bilan murojaat qilgan. Ularning fikricha, bu dastur samarasiz bo‘lib, ixtilofning avj olishiga olib keladi va AQShga xavf soladi. Shuningdek, senatorlarning ta'kidlashicha, dasturga ajratilgan 500 mln dollar 5 ming jangari o‘rniga 100 dan kamroq jangari tayyorlashga imkon bergan.

Top