22:00 / 09.10.2015
8342

GM Uzbekistan Rossiya bozorining 5 foizini egallashni reja qilgan

Rossiya bozorida UZ-Daewoo markasi o‘rniga Ravon markasining joriy etilishi taqdimotida o‘zbek kompaniyasi vakillari yangi modelni namoyish etishdi va bo‘lajak dilerlik markazi haqida aytib o‘tishdi, deb yozadi “Za rulem” nashri.

Ravon’ning oldingi brendi Uz-Daewoo Rossiya bozorida ancha ommalashgan edi. U yerda umumiy hisobda millionga yaqin mashina sotilgandi. Kompaniyaning ko‘zlagan maqsadi ancha yuqori — u yangi model bilan rossiya bozorining 5 foizini egallash niyatida.

Taqdimot marosimida yangi logotip ostida barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Matiz va Gentra, yangi Nexia, 2008 yilda chiqqan Chevrolet Aveo’ning o‘zgartirilgan ko‘rinishi namoyish etildi. Shuningdek, taqdimotda R2 (Chevrolet Spark 2010 analogi) va R4 (Chevrolet Cobalt) kabi istiqbolda mo‘ljallangan modellar haqda ham so‘z bordi.

Top