16:02 / 09.10.2015
5395

London metrosida yenotga duch kelishdi

Londonning yer osti transportida xonaki yenot (sarg‘ish-kul rang muynali kichik hayvon)ni uchratishdi. Ushbu noodatiy yo‘lovchi haqida musiqachi Jo Innes ma'lum qildi. U jonivorni Markaziy tarmoqda ko‘rgan, deya yozmoqda Metro.
Gazetaning qayd etishicha, gap tabiat qo‘ynida yashaydigan yenot emas, balki “sirli” ayolga tegishli uy jonivori haqida ketmoqda.
Innesning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar metro vagonidagi yenotni ko‘rib qo‘rqib ketishmagan. U jonivorning xo‘jayini bilan suhbatlasha olmagan, biroq yo‘lovchilardan biri yenotning laqabi Uinston ekanini ma'lum qildi.

Top