19:31 / 09.10.2015
4117

Lui van Gaal rahbariyatdan mashg‘ulot bazasini baland to‘siqlar bilan o‘rab berishni so‘radi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal rahbariyatga mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan baza atrofiga baland to‘siqlar o‘rnatish talabi bilan murojaat qilgan. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, jamoaning Karringtondagi (Manchester shahri tashqarisida) bazasi atrofi baland to‘siqlar bilan o‘ralishi kutilmoqda.

Gollandiyalik murabbiyning bu tashabbus bilan chiqishiga, u raqiblar o‘z shogirdlarining mashg‘ulot jarayonini kuzatishi va ularning taktik harakatlarini o‘rganishini istamasligi sabab bo‘lgan.

Shuningdek, bu ish amalga oshirilishi orqali jamoa rahbariyati foyda ko‘rishni ham mo‘ljallamoqda. Ular bu devorlarga jamoa homiylari logotiplari o‘rnatishni va shu orqali qo‘shimcha mablag‘larni o‘zlashtirishni mo‘ljallamoqda.

Qolaversa, bunday to‘siqlar mashg‘ulot maydonini shamoldan to‘sib turishi aytilgan.

Bunday to‘siqlar mashg‘ulot bazasi atroqida yaqin vaqtlar ichida qurilishi boshlanadi. Ayni vaqtda futbolchilarning asosiy qismi terma jamoalari safiga jo‘nab ketishgan va rahbarlar bundan unumli foydalanishmoqchi.

Ma'lumot uchun, Lui van Gaal 2014 yildan beri "MYu"ni boshqarmoqda. Joriy mavsumda uning rahbarligida "qizil iblislar" 8 turdan keyin 16 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Top