15:47 / 09.10.2015
5954

Manba: IShID Suriya armiyasiga qarshi kimyoviy quroldan foydalanishi mumkin

Rossiya markaziy shtabidagi manba IShID jangarilari tomonidan Suriya hukumat qo‘shinlariga qarshi zaharlovchi gazdan foydalanishi mumkinligini inkor etmadi, deya xabar berdi TASS.
“Aviatsiyamiz tomonidan zarbalar berilganidan so‘ng o‘tkazilgan razvedka ishlarida jangarilarning Suriya qo‘shinlari bilan front chegaralariga maxsus o‘q-dorilar berilishi to‘g‘risidagi muzokaralar olib borgani qayd etildi. Shuningdek, kimyoviy birikmalar joylashtirilgan qo‘lbola portlovchi uskuna haqidagi qandaydir “syurpriz”lar haqida ham gap ketdi”, - dedi axborot manbasi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, maxsus o‘q-dorilar va “syurprizlar” ularni to‘xtatish hamda hujum qilish uchun faol harbiy harakatlar olib borilayotgan hududlarga imkon qadar tezroq olib kelish, nafaqat odamlar, balki texnikalar ham o‘ta olmaydigan kimyoviy to‘siq paydo qilish haqida gap ketgan.

Top