18:36 / 09.10.2015
21940

Manba: O‘zbekistonda IShID varaqalarini tarqatgan muallimalar qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri huquq-tartibot muassasalari xodimlari umumta'lim maktabining 2 nafar muallimasini IShID terrorchilik guruhining varaqalarini tarqatgani uchun hibsga oldilar. Bu haqda 9 oktabrda RIA “Novosti” axborot agentligiga O‘zbekiston IIV huquq-tartibot muassasalaridagi manba ma'lum qildi.

“Ayollar Ko‘qon militsiya bo‘limlaridan biriga kelib tushgan qo‘ng‘iroqdan keyin qo‘lga olindi. Ayni paytda ularga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda”, deb aytdi manba. Manbaning aytishicha, ayollar tintuv qilinganda ularning mobil telefonlarida IShID varaqalari matni saqlagan fayllar aniqlangan.

Top