00:08 / 09.10.2015
7457

Manba: Suriya armiyasi bir kun ichida 8 ta aholi punktini ozod qildi

Suriya qo‘shinlari Xama viloyatining shimolida katta miqyosdagi harbiy operatsiyani boshlagandan bir kun o‘tib, 8 ta aholi punktini ozod qildi, deb xabar berdi 8 oktabr kuni "RIA Novosti" axborot agentligiga suriyalik harbiy manba.

Suriya armiyasi 7 oktabrda Xama va Idlib viloyatlari chegarasida katta miqyosda harbiy operatsiyani boshlaganini ma'lum qilgandi. Piyoda qo‘shinlarning hujumga o‘tishidan avval qariyb bir kun davomida terrorchilar pozitsiyalari "Grad" raketa-zenit majmualari va turli kalibrdagi artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutilgan.

"OAVlardagi ozod qilingan hududlar haqidagi ma'lumot chin, bizning ilg‘or otryadlarimiz Latmeyn, Ma'rkaba, Ashtan, al-Xuayeyr, Kafr-Nabuda, al-Mag‘ir, Tel-al-Sahr va Tel-Usmon qishloqlari ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oldi, qo‘shinlarning guruhlari olg‘a borishga tayyor va shunday qilmoqda", deb aytdi manba.

Avvalroq Suriya va Livan OAVlari ma'lum qilganidek, Xamadagi harbiy operatsiya davomida front chizig‘i bo‘ylab 50-70 kmlik hudud ozod etilgan.

Top