15:35 / 09.10.2015
3617

MSF: Qunduzdagi tajovuzdan so‘ng yana 33 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda

“Chegarasiz shifokorlar” xalqaro tashkilotining ma'lum qilishicha, Qunduz shahridagi tibbiy markazga uyushtirilgan hujumdan so‘ng hanuzgacha 33 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. NBC telekanalining eslatib o‘tishicha, 3 oktabr kuni shifoxonaga bomba tashlanishi oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan edi.

Ayni kunlarda 24 xodim va 9 bemordan darak olib bo‘lmayapti. Hujum chog‘ida binoda 200dan ortiq odam, shu jumladan, 105 bemor bo‘lgan.
“Qunduzdagi shifoxonaning travmatologiya markazida 461 kishi ishlaydi. Biz ulardan 24 nafarining holidan xabar ololmayapmiz. Ular dom-daraksiz ketgan deb hisoblanmoqda”, - dedi tashkilot vakili Gilem Moline.

Top