08:57 / 09.10.2015
4158

NATO Turkiya xavfsizligini ta'minlaydi

AQSh va Turkiya Mudofaa vazirlari Eshton Karter hamda Vechdi Gonul Suriyadagi vaziyat va IShID jangarilar guruhiga qarshi kurash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordi, deya xabar berdi RIA «Novosti».

«Vazir Karter Rossiya tomonidan havo kengliklarining buzilishiga oid so‘nggi hodisalar bilan bog‘liq Turkiya xavfsizligi masalalasida AQSh va NATOning qat'iy sadoqatini tasdiqladi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Vazirlar, shuningdek, IShIDga qarshi kurashda kelgusidagi harakatlar va davlatning janubiy chegaralari xavfsizligi, jumladan, jangarilar tranzitini bartaraf etish masalalarini muhokama qilishdi.

Top