17:32 / 09.10.2015
5981

Next xodimlari paxta yig‘im-terimida faol bo‘lishga chaqirib, aksiya o‘tkazishdi

Next savdo majmuasi xodimlari 7 oktabr kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumaniga safar uyushtirishdi va paxta yig‘im-terimida ishtirok etishdi.

Ma'lum qilinishicha, savdo majmuasining 35 nafar xodimi va 20 nafar ko‘ngilli kishi 1 kun davomida 3 tonna paxta terib, xirmonga topshirishgan.

Shuningdek, Next vakillari paxta dalalaridagi 100ta texnikaga "Ne slovom, a delom" ("Tilda emas, amalda bajar") chaqirig‘i ifodalangan yorliqlarni yopishtirib chiqishgan.

Tashkilot tomonidan taklif qilingan bu loyiha va shior orqali odamlarni ko‘ngilli va foydali bo‘lishga chaqirilgan.

Top