16:28 / 09.10.2015
10697

O‘zbekistonda bir guruh yoshlar ekstremistlarga xayrixohlikda ayblanib sudlandi

Xorazmda sud qarori bilan radikal tarmoqa qo‘shilib qolgan bir guruh yoshlar sudlandi. Bu haqda jurnalist Nargiza Atabayeva xabar berdi.

Aytilishicha, viloyat sudi ko‘rib chiqqan ishda aybdorlar sifatida qora kursiga o‘tirgan urganchlik 33 yoshli Shuhrat Bobonazarov hamda uning do‘stlari Farhod Sharipov va Azamat Atayevlar internet orqali muqaddam sudlangan Ulug‘bek Olimov va Shuhrat Normetovlarning ta'siriga tushib qolgan va o‘zlari ham ekstremistik targ‘ibot ishiga qo‘shilgan.

Topshiriqqa binoan ular tengdoshlariga turli g‘oyalarni targ‘ib qilishgan va ularni O‘zbekistonda xalifat qurish ishiga qo‘shilishga chaqirishgan.
Sud qaroriga binoan ularning boshlig‘i Ulug‘bek Olimov 18 yilga, Zafar Xudoyberganov 14 yilga, Abdusharif Xudoyberganov 11 yilga, Zarifboy Otaniyozov 3.5 yilga qamalishdi. Bundan tashqari, A. Atayev 6 yilga, Sh.Bobonazarov va F.Sharipovlar 5.5 yilga qamalishdi.

Top