09:13 / 09.10.2015
4052

Pentagon: AQShning 2017 yilgi harbiy byudjyetiga afg‘on armiyasini moliyalashtirish bandi kiritilgan

AQShning 2017 yilgi harbiy byudjyetiga afg‘on armiyasini moliyalashtirish bandi kiritilgan, deb aytdi NATO kengashi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra Pentagon rahbari Eshton Karter.

"AQShning 2017 yilgi harbiy byudjyeti Afg‘oniston o‘z armiyasini 352 ming kishi miqdorida saqlab qolishi uchun uning harbiy byudjyetini qo‘llab-quvvatlash bandiga ega", deb ta'kidlab o‘tdi Karter.

Karter AQSh va NATO davlatlari "2016 yilda Afg‘onistondagi missiyani davom ettirish ehtiyojlari va imkoniyatlarini baholash qarorini qabul qilganlarini" ta'kidlab o‘tdi.

Top