16:06 / 09.10.2015
3994

Qozog‘istonning Uralsk shahrida yashovchi 13 yashar bola ikki kishini suvdan qutqargani uchun “Yil fidoyisi” deb topildi

Qozog‘istonning Uralsk shahrida istiqomat qiluvchi 13 yoshli Nikita Tyukin “Yil fidoyisi” unvoniga ega bo‘ldi. Bu haqda Nur.kz sayti xabar bermoqda.

Taqdirlash marosimi 8 oktabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tdi.Tyukin cho‘kayotgan ikkita qizni suvdan qutqarib olgan edi. Shu qahramonligi uchun u mazkur unvonga sazovor bo‘ldi.

Bola jurnalistlarga bergan intervyusida bu mukofotni olganidan iftixorda ekanligini hamda kelajakda bunday voqeaga yana bir bora duch kelsa, albatta qahramonligini takrorlashini aytib o‘tdi.

Top